2022- yilning 1-oktabr holatiga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasida sigirlarning umumiy bosh soni 350,7 ming taga yetdi. 2021- yilning 1- oktabr holatiga solishtirilganda, barcha toifadagi xo‘jaliklarda sigirlar bosh soni - 10,2 ming taga (3,0 %) ko‘paydi.
Ma’lumot o‘rnida, 2022-yilning 1-oktabr holatiga ko‘ra, sigirlarning bosh soni to‘g‘risidagi ma’lumotlar xo‘jalik toifalari bo‘yicha tahlil etilganda, jami sigirlarning 91,0 % dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklariga to‘g‘ri kelishi kuzatildi.
Axborot xizmati