17/11/2022

    2022- yil 17- noyabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasida Davlat statistika qo'mitasi “Investitsiya va qurilish statistikasi” boshqarma boshlig‘i M. Jomolov boshchiligida, boshqarma mas’ul xodimlari hamda shahar va tuman statistika bo’lim xodimlari ishtirokida 1-TJ “Foydalanishga topshirilgan yakka tartibdagi uy-joy to‘g‘risida so‘rovnoma” o‘tkazilishi bo‘yicha “Zoom” platformasi orqali seminar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Seminarda, O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining 2022- yil 30-iyundagi 21-sonli qаrоri bilan tasdiqlangan “Yakka tartibdagi uy-joy va hovli hududi xo‘jalik qurilishlariga aholi xarajatlarini baholash bo‘yicha uslubiy nizomi”ga asosan yilda bir marta 1-TJ so‘rovnoma “Foydalanishga topshirilgan yakka tartibdagi uy-joy to‘g‘risida”gi tanlanma kuzatuvni to‘g‘ri tashkil etish hamda ma’lumotlarni planshetlarga xatosiz kiritilishi bo‘yicha takidlab o‘tildi.

Tanlama kuzatuvidan maqsad, ishga tushirilgan yakka tartibdagi uy-joylar umumiy qurilish osti maydonining 1kv/m qiymatini hisoblash uchun zarur bo‘lgan moddiy va mehnat resurslari miqdori haqidagi ma’lumotlarni olishdan iboratdir.
O‘z navbatida ushbu kuzatuv natijalari asosida haqqoniy statistik ma’lumotlar shakllantiriladi.

Qo‘mita mas’ullari tomonidan hududlarda kuzatuvlarni o‘tkazuvchi xodimlarga ishni o‘z vaqtida va sifatli tashkil etish bo‘yicha yo‘l-yo‘riq va tavsiyalar berildi.

Axborot xizmati