24/11/2022

    Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha 2022-yilning yanvar-oktabr oylarida chakana savdo tovar aylanmasi 8244,8 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2021- yilning yanvar-oktabr oylariga nisbatan 11,6% ga o‘sdi. Shu jumladan, yirik korxonalarning tovar aylanmasi 643,7 mlrd. so‘mni (o‘zgarish sur’ati 140,0), kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining tovar aylanmasi 7601,1 mlrd. so‘mni (9,7% ga o‘sdi), shundan uyushmagan savdo tovar aylanmasi 950,6 mlrd. so‘mni (117,5% ni)  tashkil etdi.

Axborot xizmati