2022- yilning yanvar-sentabr oylarida Qoraqalpog`iston Respublikasi bo‘yicha jami 7059,0 mlrd. so‘m asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirildi. Mazkur hududda o‘zlashtirilgan jami asosiy kapitalga investitsiyalarning takror ishlab chiqarish tarkibida kengaytirish, rekonstruksiya va modernizatsiyaga yo‘naltirilgan investitsiyalar ulushi 44,0 % ni tashkil etdi.
Shuningdek, yangi obyektlarni barpo etilishiga yo‘naltirilgan investitsiyalarning ulushi o‘z navbatida 34,6 % ni tashkil etgan bo‘lsa, boshqa yo‘nalishlarda 21,4 % investitsiyalar o‘zlashtirildi.
Axborot xizmati