2022- yilning yanvar-oktabr oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasining barcha hududlarida joylashgan chorva (parranda) bozorlarida parrandalar va chorva mollari sotuvchi jismoniy shaxslar tanlanma kuzatuvi o‘tkazildi. Kuzatuv natijalariga ko‘ra savdo aylanmasi hajmi 383,7 mlrd. so‘mni tashkil etdi. Bunda har xil yoshdagi qora mollar savdosi 307,2 mlrd. so‘mni, qo‘y va echkilar 64,4 mlrd. so‘mni, otlar 8,9 mlrd. so‘mni, parrandalar 3,2 mlrd. so‘mni tashkil etdi.
Axborot xizmati