2022- yilning yanvar-oktabr oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasida import hajmi 196,4 mln. AQSh dollarini va 2021- yilning mos davriga nisbatan 105,1 % ni tashkil etdi. Import tarkibida eng katta ulush, mashinalar va transport asbob-uskunalari (37,2 %), oziq-ovqat mahsulotlari va tirik hayvonlar (10,3 %) hamda kimyoviy vositalar va boshqa toifalarga kiritilmagan shunga oʻxshash mahsulotlar (10,2 %) hisobiga toʻgʻri keldi.
Axborot xizmati