2022- yilning yanvar-sentabr oylari yakunlariga ko‘ra, kichik biznesning respublika yalpi ichki mahsulot (YAIM)dagi ulushi 52,8 % ni tashkil etdi. Hududlar kesimida eng katta ulush Jizzax (hududda yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat umumiy hajmining 79,4 % ini tashkil etgan), Surxondaryo (76,8 %) va Buxoro (74,6 %) viloyatlarida kuzatildi. Kichik biznesning eng kam ulushi Navoiy (25,9 %) viloyatida qayd etildi.
Axborot xizmati