Joriy yilning 7-dekabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasida, boshqarma, shahar va tuman statistika bo‘limlarining xodimlari ishtirokida Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasi boshlig‘ining birichi o‘rinbosarı, bosh yuriskonsulti va Adliya Vazirligining bosh mutaxasissi ishtirokida tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda Konstitutsiya mamlakatimizdagi yuqori yuridik kuchga ega bo‘lgan huquqiy hujjat bo‘lib hisoblanishi, Konstitutsiya asosida va uning ijrosini ta’minlash maqsadida boshqa qonunchilik hujjatlari qabul qilinishini ta’kidlandi.
Shuningdek, boshli qomusimiz hisoblangan Kostitutsiyamizning qabul qilinishi bilan jamoatlik va mamlakat qurilishining barcha sohalaridagi aloqalarni, milliy nizomchiligimizning barcha sohalarini tartibga soluvchi aniq huquqiy tizim yaratilganligi, fuqarolarning huquq va erkinliklarining kafolatlari mamlakat tomonidan kafillanganligi, shu jumladan, Konstitutsiya bilan davlat hokimiyati bo‘linishi asosida amalga oshirilishi, fikrlarning ko‘p turliligi hamda ko‘p partiyaviylikga asos solinganligi, asosiysi, har bitta fuqaro, u qaysi kasb egasi yoki kim bo‘lishigan qat’iy nazar, avvalo, Konstitutsiyanı hurmat qilishi, o‘z huquqlarini bilishligi bilan bir qatorda burchlarini ham yodta saqlashi kerakligi haqida aytib o‘tildi.
Tadbir davomida ishtirokchilarga 2004-yildan e’tiboran 9-dekabr xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni deb belgilanib kelayotganligi haqida va hammamizga ma’lumki bo’lganidek, korrupsiya - mamlakat va jamiyatning rivojlanishiga, xalqning odolatga bo‘lgan ishonchiga ziyon keltiruvchi xavf bo‘lishi, bugungi kunda korrupsiya xavfining oldini olish va unga qarshi kurashish bo‘yicha respublikamızda keng qamrovli ishlar amalga oshirilayotganligi, buning yaqqol dalili sifatida 2017-yil 3-yanvar kuni qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonunining qabul qilinishi va bu nizom bilan korrupsiyaga qarshi kurashish sohasindagi aloqalarning tartibga solinishi tadbir ishtirokchilariga tushuntirildi.
Axborot xizmati