Maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilning yanvar-oktabr oylarida Oʻzbekiston 7 ta davlatga qiymati 7,3 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 18,5 ming tonna olma eksport qilgan.Olma eksporti 2021-yilning mos davri bilan solishtirilganda 9,4 ming tonnaga oshgan.
2022-yilning 10 oyida Oʻzbekiston eng koʻp olma eksport qilgan davlatlar:
Qozogʻiston – 12,6 ming tonna
Rossiya – 4,2 ming tonna
Qirgʻiz R. – 1,5 ming tonna
Turkmaniston – 163 tonna
2022-yilning 10 oyida xorijga eng koʻp olma eksport qilgan hududlar:
Fargʻona viloyati – 5 ming tonna
Xorazm viloyati – 4,5 ming tonna
Toshkent viloyati – 1,8 ming tonna
Axborot xizmati