2022-yilning yanvar-oktabr oylarida Oʻzbekiston 8 ta xorijiy davlatlarga qiymati 13,5 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 541 ta yuk avtomobillarini eksport qilgan.
Yuk avtomobillari eksporti 2021-yilning mos davri bilan solishtirilganda 173 taga kamaygan.
Oʻzbekiston 10 oyda yuk avtomobillarini eng koʻp eksport qilgan davlatlar:
Qozogʻiston — 196 ta
Qirgʻiz R. — 138 ta
Tojikiston — 80 ta
Ozarbayjon — 60 ta
Belarus — 55 ta
Axborot xizmati