13/12/2022

   2022-yil 1-oktyabr holatiga Respublikada yirik shoxli qoramollarning umumiy bosh soni 13 582,5 ming boshga yetdi.

Yirik shoxli qoramollarning asosiy qismi 12 497,8 ming bosh yoki umumiy bosh sonining 92,0 %i dehqon (shaxsiy yordamchi) xoʻjaliklarida qayd etildi.

Yirik shoxli qoramollarning umumiy sonidan eng yuqori ulushi Samarqand va Qashqadaryo viloyatlari (12,4 %) hissasiga toʻgʻri keldi. Shu bilan birga, Buxoro (9,6 %) viloyati va Qoraqalpogʻiston Respublikasida (8,8 %) ham mavjud yirik shoxli qoramollar sonining yuqori koʻrsatkichlari qayd etildi.

 Axborot xizmati