1992-yil 14-dekabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesining XI sessiyasida «Qoraqalpog‘iston Respublikasining Davlat bayrog‘i to’g’risida»gi Qonun qabul qilindi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasining davlat bayrog‘i moviy rang, to’q sariq va to’q yashil ranglardan iborat bo‘lib, to’q sariq rangning chetini oq va qizil hoshiyalar ajratib turadi.
Bayroqning moviy rangi bahor yashilligi va umr manbasi - suvning mangu timsoli deakdir.
To’q sariq rang bo'lsa Qoraqalpog‘iston hududining katta qismi sahrodan iborat ekanligini anglatadi.
Yashil rang bo'lsa tabiatning yangilanishi, ma'naviy yasharish, ishonch va quvonch nishoni.
Bayroqdagi yangi tug‘ilgan oy ahli musulmonlarning muqqaddas timsoli bo'lsa, besh yulduzding rasmi Qoraqalpog‘istonning qadimiy va navqiron beshta shahrining – Qoraqalpog‘istonliklarning turmush va ishonch qal'alarining timsolidir.
Axborot xizmati