16/12/2022

    2022-yil 1-oktabr holatiga Respublikada parrandalarning umumiy bosh soni 91 209,9 ming boshga yetdi.

Parrandalarning asosiy qismi 50 439,2 ming bosh yoki umumiy bosh sonining 55,3 % ti dehqon (shaxsiy yordamchi) xoʻjaliklarida qayd etildi.

Parrandalarning umumiy sonidan eng yuqori ulushi Toshkent viloyati (17,1 %) hissasiga toʻgʻri keldi. Shu bilan birga, Samarqand (13,4 %), Andijon (10,1 %) va Fargʻona (9,0 %) viloyatlari ham mavjud parrandalar sonining yuqori koʻrsatkichlari qayd etildi.

Axborot xizmati