2022- yilning yanvar-sentabr yakunlariga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat (YAQQ) hajmi 4 759,0 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2021- yilning yanvar-sentabr oylari bilan taqqoslaganda 1,1 % ga o‘sdi. Kuzatilayotgan davrda YAHM tarkibida mazkur tarmoqning ulushi 24,8 % ga yetdi va o‘tgan yilning yanvar-sentabr oylari bilan taqqoslaganda 1,0 foiz punktga kamayganligi hamda 2018- yilning mos davriga nisbatan 0,8 foiz punktga oshganligi kuzatildi.
Axborot xizmati