2022- yilning yanvar-noyabr oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasining barcha hududlarida joylashgan chorva (parranda) bozorlarida parrandalar va chorva mollari sotuvchi jismoniy shaxslar tanlanma kuzatuvi o‘tkazildi. Kuzatuv natijalariga ko‘ra savdo aylanmasi hajmi 421,6 mlrd. so‘mni tashkil etdi. Bunda har xil yoshdagi qora mollar savdosi 336,7 mlrd. so‘mni, qo‘y va echkilar 71,4 mlrd. so‘mni, otlar 9,9 mlrd. so‘mni, parrandalar 3,6 mlrd. so‘mni tashkil etdi.
Axborot xizmati