30/12/2022

    Joriy yilning 30- dekabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasida Yangi yil munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi.
   Tadbirda boshqarma boshlig‘i T.Ganiev so‘zga chiqib, barcha xodimlarni kirib kelayotgan yangi yil ayyomi bilan qutladi. Yil davomida statistika tizimida amalga oshirilgan ishlar, erishilgan yutuqlar va kelgusida bajarilishi lozim boʻlgan vazifalar haqida toʻxtalib oʻtdi.

    Shundan soʻng, yil davomida faol boʻlgan xodimlarga Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasi rahbariyati tomonidan faxriy yorliq va esdalik sovgʻalari berildi.

Axborot xizmati