06/01/2023

    Joriy yilning 6-yanvar kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasida, boshqarma, shahar va tuman statistika bo‘limlarining xodimlari ishtirokida huquqiy bilimlarini oshirish bo‘yicha targʻibot tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yangi O‘zbekiston ma’muriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 2022-yil 21-dekabr kungi PF-269-sonli Farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yangi O‘zbekiston ma’muriy islohotlari doirasida respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2022-yil 21-dekabr kungi PQ-447-sonli Qarorining, shuning bilan birga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Statistika ma’lumotlarini taqdim etish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 2022-yil 21-dekabr kungi 672-sonli Qarorining mazmun-mohiyati va ahamiyati tushuntirildi.

Tadbir ishtirokchilari fikr va mulohozalarini bildirib, oʻzlarini qiziqtirgan savollarini berdi va javoblar oldi.