10/01/2023

    Joriy yilning 9- yanvar kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasida shahar va tumanlar statistika bo‘limi xodimariga 1-KB (yillik) “Mikrofirma va kichik korxonalar” hamda 1-FX (yillik) “Fermer xo‘jaliklari” faoliyati to‘g‘risidagi davlat statistika hisobotini o‘z vaqtida va sifatli taqdim etish bo‘yicha seminar tashkil etildi.

Seminarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasining malakali mutaxassislari tomonidan yillik davlat statistika hisobotlarini o‘z vaqtida, to‘g‘ri to‘ldirish va sifatli taqdim etish, mavjud kamchiliklarni muhokama qilinib, muammolarni bartaraf etish yuzasidan taklif, uslubiy tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Seminarlar davomida ishtirokchilar E-Stat 4.0 elektron dasturidan foydalanish bo‘yicha yo‘riqnoma bilan ham batafsil tanishtirildi.

 

Axborot xizmati