Oʻzbekiston 2022-yilning yanvar-noyabr oylarida 35 ta xorijiy davlatdan qiymati 23,3 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 8,2 ming tonna shampun import qilgan.
Shampun importi 2021 yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,7 ming tonnaga kamaygan.
2022-yilning 11 oyida Oʻzbekiston eng koʻp shampun import qilgan asosiy davlatlar:
Rossiya – 3,2 ming tonna
Turkiya – 1,6 ming tonna
Ruminiya – 1,4 ming tonna
Koreya – 527 tonna
Fransiya – 201 tonna
Xitoy – 187 tonna
Hindiston – 170 tonna
Italiya – 114 tonna
Axborot xizmati