20/01/2023

    Joriy yilning 20-yanvar kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasida boshqarma boshligʻi T.Ganiev rahbarligida shahar va tuman statistika bo‘limi xodimari uchun seminar tashkil etildi. Seminarda boshqarma bosh yuriskonsulti A.Masheripova tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi
2017-yil 3-yanvar kungi O‘RQ-419-sonli Qonuni hamda 2022-yil 11-may kungi “Davlat boshqaruvi sohasida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni bartaraf etish mexanizmlarini takomillashtirish va ushbu  sohada jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi  PQ-240-sonli qarorining mazmun-mohiyati va ahamiyati, shuning bilan birga, jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirib borish qonun ustuvorligini  ta’minlashning eng muhim shartlaridan biri hisoblanishi, keyingi yillarda mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilayotgan muhim tashkiliy-huquqiy islohatlar to‘g‘risida aytib o‘tildi.

Shuning bilan birga, 1-KB (yillik) “Mikro firma va kichik korxonalar” hamda 1-FX (yillik) “Fermer xo‘jaliklari” faoliyati to‘g‘risidagi davlat statistika hisobotlarini qabul qilish va qayta ishlash jarayonida hisobot taqdim etuvchi subyektlarni ovoro qilish, ularni asossiz Davlat statistika idoralariga taklif qilish, asossiz to‘lovlar o‘ndirish, o‘zaro munosabatlarda ta’magirlik, poraxo‘rlik va boshqa ko‘rinishdagi korrupsiya holatlarga yo‘l qo‘yish O‘zbekiston Respublikasining Qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikga tortilishiga sabab bo‘lishi to‘g‘risida tushuntirildi. Seminar soʻnggida ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldi.

Axborot xizmati