Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022- yilning yanvar-dekabr oylarida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 90,6 ming tonna kartoshka yetishtirilgan. Bu ko‘rsatkich 2021- yilning yanvar-dekabriga nisbatan 1,4 % ga ko‘p. Kartoshka yetishtirish ko‘rsatkichlarini xo‘jalik toifalari bo‘yicha tahlil qilinganda, kartoshka ishlab chiqarish umumiy hajmidan 67,0 % dehqon va tomorqa xo‘jaliklari hissasiga to‘g‘ri kelishini ko‘rsatmoqda.
Axborot xizmati