Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2022- yilning yanvar-dekabr oylarida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 314,6 ming tonna sabzavotlar yetishtirildi. Bu ko‘rsatkich 2021- yilning yanvar-dekabriga nisbatan 4,3 % ga ko‘p yetishtirilgan. Sabzavot yetishtirish ko‘rsatkichlarini xo‘jalik toifalari bo‘yicha tahlil qilinganda, sabzavot ishlab chiqarish umumiy hajmidan 58,7 % dehqon va tomorqa xo‘jaliklari hissasiga to‘g‘ri kelishini ko‘rsatmoqda.
Axborot xizmati