Joriy yilning 6-mart kuni Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti talabalari bilan aholini ro'yxatga olish tadbiriga tayyorgarlik ko'rish hamda bu borada amalga oshirilgan va kelgusida bajarilishi belgilangan ishlar, shuningdek, O'zbekiston Respublikasi “Aholini ro'yxatga olish to'g'risida”gi Qonunning mazmun-mohiyati hamda Qoraqalpog'iston Respublikasining demografik holati bo'yicha seminar tashkil etildi.
Seminarda Qoraqalpog'iston Respublikasi statistika boshqarmasi boshlig'ining o'rinbosari, Ro'yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o'tkazish bo'limi mutaxassislari hamda talabalar ishtirok etdi. Seminarda Qoraqalpog'iston Respublikasi boshqarmasi boshlig'ining o'rinbosari tomonidan kun tartibidagi masalalar bo'yicha to'liq tushunchalar berildi.
Seminar qizg'in bahs va munozaralarga boy bo'ldi. Talabalarning savollariga statistika boshqarmasi mutaxassislari tomonidan batafsil javob berildi.
Axborot xizmati