Statistika agentligi uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan 2022-yilning yanvar-dekabr holatiga ko‘ra Qoraqalpog‘iston Respublikasida 16 yoshgacha bolali uy xo‘jaliklari 77,7 %ni tashkil etadi.
Shundan:
- bir bolali oilalar 23,9 %;
- ikki bolali oilalar 26,1 %;
- uch bolali oilalar 19,2 %;
- to‘rt va undan ko‘p bolali oilalar 8,4 %.
Kuzatuv natijalariga ko‘ra, 22,3 % uy xo‘jaliklarida 16 yoshgacha bo‘lgan bolalar mavjud emas.
Axborot xizmati