So'nggi yangiliklar

2023- yilning 6-noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida “O‘zbekistonda statistika tizimini mustahkamlash” loyihasi doirasida Jahon banki vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Joriy yilning 7-noyabr kuni Oliy Majlis Senatida Jahon banki vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

O‘zbekistonda 2023-yil 1-oktabr holatiga ko‘ra, jami 422 373 ta tadbirkorlik subyektlari faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘lib (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz), shundan 418 711 tasi kichik tadbirkorlik subyektlaridir.

2023-yilning yanvar-sentabr oylarida Nukus shahrida 1 407,3 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, o‘sish sur’ati 2022-yilning yanvar-sentabr oylariga nisbatan 106,0 foizni tashkil etdi.

2023-yilning yanvar-sentabr oylarida Amudaryo tumanida xizmatlar ishlab chiqarish hajmi 462,6 mlrd.so‘mni tashkil etdi.

2023-yilning yanvar-sentabr oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasi tashqi savdo aylanmasida MDH davlatlarining ulushi 34,8 % ni tashkil etib, tashqi savdo aylanmasi 2022-yilning mos davriga nisbatan 98,1 % ni tashkil etdi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining chakana savdo tovar aylanmasi hajmi statistik hisob-kitoblarga ko‘ra, 6600,7 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2022-yilning yanvar-sentabr oylariga nisbatan 103,2 % ga o‘sdi.

2023-yilning yanvar-sentabr oylarida kompyuter va periferik uskunalarni taʼmirlash boʻyicha xizmatlar hajmi 643,0 mlrd. soʻmni tashkil etdi.

2023-yilning yanvar-sentabr oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan tirik vaznda  81,6 ming tonna go‘sht yetishtirildi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-sentabr oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 19 135,4 tonna sovun ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 2,3 barobarga oshgan.

2023-yilning yanvar-sentabr oylarida Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻyicha 4264,0 mlrd. soʻmlik nodavlat mulkchiligidagi tashkilotlar tomonidan qurilish ishlari bajarildi.

2023-yilning yanvar-sentabr oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasida ishlab chiqaradigan sanoat tarkibida boshqa nometall mineral mahsulotlar ishlab chiqarishning ulushi 4,4 % ni tashkil etgan, fizik hajm indeksi 8,9 % ga oshgan bo‘lsa, ishlab chiqarish hajmi 512,7 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

2023-yilning yanvar-sentabr oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmi 8 786,2 mlrd. so‘mni yoki jami qishloq xo‘jaligi mahsuloti hajmining 95,9 % ini tashkil etdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-sentabr oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 118,3 ming tonna mazut ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 16,1 % ga oshgan.

2023-yilning yanvar-sentabr oylarida FHDYO organlari tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻyicha 736 nafar egiz tugʻilganlar soni (ikki va undan koʻp chaqaloq) qayd etilgan.

Joriy yilning 6-noyabr kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasi statistika boshqarmasida boshqarma xodimlari uchun yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning mazmun-mohiyatini va ahamiyatini tushuntirishga bag‘ishlangan seminari bo‘lib o‘tdi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida ta’lim sohasining asosiy tarmoqlari bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqining eng yuqori ko‘rsatkichi oliy ta’lim (4953,8 ming so‘m)da, eng past ko‘rsatkich esa maktabgacha ta’lim (1481,8 ming so‘m) da kuzatildi.

2023-yilning yanvar-sentabr oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasida 1,6 mingta nikohdan ajralishlar qayd etilgan bo‘lib, har 1000 aholiga nikohdan ajralishlar koeffitsiyenti 1,0 promilleni tashkil etgan hamda 2022-yilning mos davriga nisbatan -0,1 promillega kamayganligi kuzatildi (2022-yilning yanvar-sentabr oylarida 1,1 promille bo‘lgan).