So'nggi yangiliklar

Joriy yilning 12- aprel kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasi  boshlig‘i T.Ganiev va Turmush darajasi statistikasi va uy xo‘jaliklari kuzatuvlari bo‘limi intervyuyeri T. Abdullaev bilan birgalikda Xo‘jayli tumani “Murtazabiy”MFYga borib, hozirda uy xo‘jaliklari kuzatuvlariga tushgan xonadon egalari bilan yaqindan suhbatlashdi va kuzatuvning maqsad vazifalari bo‘yicha atroflicha ma’lumot berib o‘tdi.

Joriy yilning 11-aprel kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasi boshlig‘i T.Ganiev Qo‘ng‘isrot tumanida xizmat safarida bo‘lib, tuman statistika bo‘limi yetakchi mutaxassisi R. Koshniyazov bilan birgalikda 5-narx (oʻrtacha) haftalik kuzatuvi so‘rovnomasi bo'yicha tanlama kuzatuvga tushgan savdo obyektlariga borib narx-navolarni o‘rgandi va registrator tomonidan planshet qurilmasiga ma’lmotlarni shaffof va aniq kiritilishi bo‘yicha o‘rganishlar olib bordi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasi Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘limi xodimlari tomonidan hududlarga chiqqan holda, uy-joylarning joylashuvini xaritalar asosida aniqlashtirish, xonadonlarning raqamlanish holatini o‘rganish bo‘yicha manzilli ishlar olib borilmoqda.

2023-yilning 1-aprel holatiga respublikamizning doimiy aholisi 36 197 781 kishini tashkil etgan.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023- yilning yanvar-fevral oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 10,0 ming dona maishiy sovutkichlar ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 11,4 % ga oshgan.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-fevral oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 705 dona mototsikllar ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 4,3-martaga oshgan.

2022-yilning yanvar-dekabr oylarida Qoraqalpog‘iston  Respublikasi bo‘yicha 2287,0 mlrd. so‘m asosiy kapitalga investitsiyalar ishlab chiqarish sanoatida o‘zlashtirilib, jami investitsiyalardagi ulushi 22,6 % ni tashkil etdi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, 2023- yilning 1-aprel holatiga Chimboy tumanining damografik ko‘rsatkichlari:

2022-yilida Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha 9-sinfni bitirgan o‘quvchilar soni (jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun maktablar va sinflar o‘quvchilarisiz) 28 465 tani tashkil etdi.

2022-yilida Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha 11-sinfni bitirgan o‘quvchilar soni (jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun maktablar va sinflar o‘quvchilarisiz) 21 160 tani tashkil etdi.

Shundan:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko’ra, 2023- yilning yanvar-mart oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasida yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar jami 1 873 ta (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) bo‘lib, ular hududlar kesimida quyidagi ko‘rinishda taqsimlangan:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko’ra, 2023- yilning yanvar-mart oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasida jami 1 873 ta yangi korxonalar (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) tashkil etilib, ular iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha quyidagicha taqsimlangan:

2023-yilning 1-aprel holatiga respublikamizning doimiy aholisi 36 197 781 kishini tashkil etgan.

Dastlabki ma’lumotlarga asosan joriy yilning yanvar-fevral oylarida Mo‘ynoq tumanida faoliyat ko‘rsatayotgan sanoat korxonalari tomonidan 11,9 mlrd. so‘mlik sanoat maxsulotlari ishlab chiqarilishiga erishildi va o‘tgan yilning mos davriga nisbatan sanoat ishlab chiqarishining fizik hajm indeksi 110,2  % ni tashkil etdi.

2022-yilning yanvar-dekabr oylarida Qonliko‘l tumanida asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalarning umumiy hajmi milliy valyutada 211,7 mlrd. so‘mni yoki 2021- yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 121,3 foizni tashkil qildi.

Qoraqalpog'iston Respublikasi statistika boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, 2023-yilning 1-aprel holatiga Qoraqalpog'iston Respublikasining demografik ko‘rsatkichlari:

2023-yilning 1-yanvar holatiga Qonliko‘l tumanida fermer xo‘jaliklarida 2 041 bosh yirik shoxli qoramol, shu jumladan 933 bosh sigir, 6 491 bosh qo‘y va echkilar, 248 bosh ot, 2580 bosh parrandalar mavjud.

2023- yilning yanvar-fevral oylarida yengil avtomobillar va yengil avtotransport vositalarini ijaraga berish boʻyicha xizmatlar hajmi 577,8 mlrd. soʻmga yetdi.