So'nggi yangiliklar

Tashkiliy huquqiy shakli bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tgan mas’uliyati cheklangan jamiyatlar soni 2022- yilning 1- avgust holatiga ko‘ra 16 683 tani tashkil etib, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1 490 ga yoki 9,8 % ga oshganligini ko‘rish mumkin.

Tashkiliy-huquqiy shakli bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tgan oilaviy korxonalar soni 2022- yilning 1- avgust holatiga ko‘ra 2 214 tani tashkil etib, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 292 ga yoki 15,2 % ga oshganligini ko‘rish mumkin.

Oʻzbekiston Respublikasida 2022- yilning yanvar-avgust oylarida yirik sanoat korxonalari tomonidan 491,7 ming dona sovutgich va muzlatgichlar ishlab chiqarilgan boʻlib 2021- yilning tegishli davriga nisbatan oʻsish surʼati 140,5 % ni tashkil etdi.

2022- yil 1- yanvar holatiga koʻra,  Oʻzbekiston Respublikasida jami 2168392 ta eksponatlar mavjud boʻlib, shundan 387038 tasini (17,8 %) arxeologiya buyumlari tashkil qiladi.

Oʻzbekiston 2022-yilning yanvar-avgust oylarida xorijga qiymati 66,2 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 74,3 ming tonna shaftoli eksport qilgan.

Joriy yilning avgust oyida kimyoviy tozalash xizmatlari respublika boʻyicha oʻrtacha 1,0 % ga qimmatlashdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2022- yilning yanvar-avgust oylarida yirik sanoat korxonalari tomonidan 768,8 ming tonna avtomobil benzini ishlab chiqarilgan boʻlib, 2021- yilning tegishli davriga nisbatan oʻsish surʼati 103,8 % ni tashkil etdi.

Joriy yilning avgust oyida baliq va boshqa dengiz mahsulotlari narxlari oʻrtacha 0,3 % ga oshdi.

2022- yilning yanvar-iyul oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasida, jami qurilish ishlari hajmi tarkibida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmi 232,2 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

Oʻzbekiston 2022-yilning yanvar-avgust oylarida xorijga qiymati 33,2 mln AQSH dollariga teng boʻlgan 119,8 ming tonna qovun va tarvuz eksport qilgan.

2022- yilning yanvar-iyun yakunlariga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat (YaQQ) hajmi 2 137,0 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2021- yilning yanvar-iyun oylari bilan taqqoslaganda 3,2 % ga o‘sdi.

Oʻzbekiston 2022- yilning yanvar-avgust oylarida xorijga qiymati 7,0 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 18,1 ming tonna olma eksport qilgan.

Oʻtkazilgan kuzatuvlar natijalariga koʻra, 2022- yilning avgustida bir oyda uzum (-12,6 %), nok (-12,4 %) va shaftoli (-8,4 %) narxlarida eng yuqori pasayish qayd etildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2022- yil yanvar-iyun oylarida kichik tadbirkorlik subyektlarining qurilishi ishlari umumiy hajmidagi ulushi o‘tgan tegishli davrlardan yuqori bo‘lib 92,1 % ini tashkil etdi. 

Joriy yilning 16-sentabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasi boshlig‘i birinchi o‘rinbosari S. Bekmuratov Amudaryo tumanida xizmat safarida bo‘lib, tuman statistika bo'limi etakchi mutaxassisi D. Olimov bilan birgalikda «Iste’mol narxlari indeksi» kuzatuvining nooziq-ovqat guruhi bo‘yicha tanlanma kuzatuviga tushgan savdo obyektlariga borib narx-navolarini o‘rgandi.

2022- yilning yanvar-iyun oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasida jami investitsiyalar hajmida, markazlashmagan moliyalashtirish manbalari hisobidan moliyalashtirilgan asosiy kapitalga investitsiyalarning ulushi 76,4 %, yoki 3190,1 mlrd. so‘mni va o‘sish sur’ati o‘tgan yilning mos davridagi hajmiga nisbatan 122,2 % tashkil etdi.

2022-yilning yanvar-iyul oylarida yosh toifasida nikoh qurganlar soni:

Joriy yilning 15-sentabr kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasi statistika boshqarmasida xodimlarning huquqiy bilimlarini oshirish boʻyicha seminari oʻtkaziladi.