So'nggi yangiliklar

Qoraqalpog‘iston Respublikasida chakana savdo tovar aylanmasi tarkibida yirik korxonalarning tovar aylanmasi hajmi, 2022- yilning yanvar-avgust oylariga nisbatan 138,7% ga o‘sdi va 231,7 mlrd. so‘mni tashkil qildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasining boshqa xorijiy davlatlar bilan tashqi savdo aylanmasi 2023-yilning yanvar-avgust oylarida 2022- yilning mos davriga nisbatan 82,0 % ni va jami tashqi savdo aylanmasidagi ulushi 64,8 % ni tashkil etdi.

2023-yilning yanvar-avgust oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasida kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hissasiga jami qurilish ishlari hajmining 69,3 % i to‘g‘ri kelib, 2022-yilning yanvar-avgust oylariga nisbatan 0,3 % punktga ko‘paygan.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-iyul oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 5 646 tonna amortizator ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 33,6 % ga oshgan.

2023-yilning yanvar-avgust oylarida 8 163 nafar Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari AQSHga turistik maqsadlarda safarga chiqqan.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida tog‘-kon sanoati va ochiq konlarni ishlash korxonalari tomonidan 2023-yilning yanvar-avgust oylarida ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi 152,0 mlrd. so‘mni yoki jami ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari hajmining 1,4 % ini tashkil etdi.

Joriy yilning 19-sentyabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari K. Omarov Nukus shahri statistika bo‘limi yetakchi mutaxassisi P.Omirova bilan birgalikda «5-narx (oʻrtacha)» haftalik kuzatuvi so‘rovnomasi bo‘yicha tanlanma kuzatuviga tushgan savdo obyektlariga borib narx-navolarni  o‘rgandi.

2023-yilning yanvar-avgust oylarida Nukus shahar tashqi savdo aylanmasi 183,2 mln. AQSh dollarni, jumladan eksport  128,7 mln. AQSh dollarni, import 54,5 mln. AQSh dollarni, shuningdek tashqi savdo saldosi 74,2  mln. AQSh dollarni tashkil etdi.

2023-yilning yanvar-avgust oylarida, Qoraqalpog‘iston Respublikasida jami 3868,0 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, o‘sish sur’ati 2022-yilning yanvar-avgust oylariga nisbatan 105,3 % ni tashkil etdi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2023-yilning yanvar-avgust oylarida qurilish sohasida 189 ta yangi korxonalar tashkil etilgan.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-iyul oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 1 264,8 ming dona avtomobil oʻrindiqlari ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 16,0 % ga oshgan.

Joriy yilning 1-sentabr holatiga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasida yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar ko’rsatish sohasida ro‘yxatdan o‘tgan korxona va tashkilotlarning (dehqon va fermer xo'jaliklarsiz) soni 1 758 ta bo‘lib, jami korxona va tashkilotlarning 5,5 % ini tashkil etdi.

2023-yilning yanvar-avgust oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasida ta’lim sohasidagi xizmatlar hajmi 378,1 ​​mlrd. so‘mga yetdi yoki bozor xizmatlari umumiy hajmining 4,9 % ini tashkil etdi.

2023-yil yanvar-avgust oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasining tashqi savdo aylanmasi 329,0 mln. AQSH dollariga yetdi va 2022-yilning yanvar-avgust oyiga nisbatan 86,9 % ni tashkil etdi.

2023-yilning yanvar-avgust oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasining chakana savdo tovar aylanmasi 6 144,8 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2022-yilning yanvar-avgust oylariga nisbatan 104,5 % ga yetdi.

2023-yilning yanvar-avgust oylarida AQSHdan Oʻzbekistonga 13 965 nafar fuqaro tashrif buyurgan.

2023-yilning 1-sentabr holatiga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasida jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 24 957 ta (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) bo‘lib, shundan 2 374 tasi xususiy korxonalar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-iyul oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 5 698 dona mototsikl ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 2,3 martaga oshgan.