So'nggi yangiliklar

2023-yilning yanvar-avgust oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasida aholi jon boshiga ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 3 929,8 ming so‘mga yetdi.

2023-yil 1-sentabr holatiga Qoraqalpog‘iston Respublikasida chakana savdo sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan tijorat korxonalar soni 2859 tani tashkil etib, 2022-yil 1-sentabrga nisbatan 10 taga ko‘paygan (o‘sish sur’ati 100,3%).

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-iyul oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 154,9 ming dona domkrat ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 2,8 % ga oshgan.

2023-yilning 1-sentabr holatiga, Qoraqalpog‘iston Respublikasida tashish va saqlash xizmatlari sohasida ro‘yxatdan o‘tgan korxona va tashkilotlar(dehqon va fermer xo‘jaliklarisiz) soni 1 185 ta bo‘lib, 2022-yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 118,9 % ni tashkil etdi.

Joriy yilning 16-sentabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasi boshlig‘i T.Ganiev Qo‘ng‘irot tumanida xizmat safarida bo‘lib, tumani statistika bo‘limi yetakchi mutaxassisi R.Koshniyazov bilan birgalikda «Istemol narxlari indeksi» kuzatuvining nooziq-ovqat guruhi bo‘yicha tanlanma kuzatuviga tushgan savdo obyektlariga borib narx-navolarni o‘rgandi va registrator tomonidan planshet qurilmasiga ma’lmotlarni shaffof va aniq kiritilishi bo‘yicha o‘rganishlar olib bordi.

2023-yilning yanvar-avgust oylarida jami 466,9 ming nafar chet el fuqarolari dam olish maqsadida Oʻzbekistonga tashrif buyurgan.

2023-yilning yanvar-avgust oylarida Nukus shaharida  jami 916 ta yangi korxona va tashkilotlar (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) tashkil etilib, ular iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha quyidagicha taqsimlangan:

2023-yil yanvar-avgust oylarida Nukus shaharida  1265,6 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, o‘sish sur’ati 2022- yilning yanvar-avgust oylariga nisbatan 105,5 foizni tashkil etdi.

2023-yilning yanvar-avgust holatiga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 16 yoshgacha bolali uy xo‘jaliklari 76,8 %ni tashkil etadi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-iyul oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 183 ming dona avtomobil kuzovlari ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 5,8 % ga oshgan.

2023- yilning yanvar-avgust oylarida Amudaryo tumani tashqi savdo aylanmasi 11,8 mln. AQSh dollarni, jumladan eksport  9,0 mln. AQSh dollarni, import 2,8 mln. AQSh dollarni, shuningdek tashqi savdo saldosi 6,2  mln. AQSh dollarni tashkil etdi.

2023-yilning yanvar-avgust oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasida 1 217 ta yangi sanoat korxonalari tashkil etilgan.

2023-yilning yanvar-avgust oyida Qoraqalpog‘iston Respublikasida jami 4 696 ta yangi korxona va tashkilotlar tashkil etilgan (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz).

2023-yilning yanvar-avgust oylari holatiga ko‘ra, 16 yoshgacha bolalari mavjud bo‘lgan uy xo‘jaliklari 74,4 %ni tashkil etgan.

2023-yilning yanvar-avgust oylarida Oʻzbekistonga jami 36,8 ming nafar chet el fuqarolari tijorat maqsadida tashrif buyurgan.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-iyul oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 335,1 ming dona televizor ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 12,4 % ga oshgan.

2023-yil yanvar-avgust oylarida Qonliko‘l tumanida 70,7 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, o‘sish sur’ati 2022- yilning yanvar-avgust oylariga nisbatan 104,5 foizni tashkil etdi.

2023-yil yanvar-iyun oylarida Qonliko‘l tumanida asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalarning umumiy hajmi milliy valyutada 82,6 mlrd. so‘mni yoki 2022 yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 129,4 foizni tashkil qildi.