So'nggi yangiliklar

Joriy yilning 11-may kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasi boshlig‘i T. Ganiev Bo‘zatov tumanida xizmat safarida bo‘lib, tuman statistika bo‘limi boshlig‘i A. Klishbaev bilan birgalikda 5-narx (oʻrtacha) haftalik kuzatuvi so‘rovnomasi bo‘yicha tanlama kuzatuvga tushgan savdo obyektlariga borib narx-navolarni o‘rgandi va registrator tomonidan planshet qurilmasiga ma’lmotlarni shaffof va aniq kiritilishi bo‘yicha o‘rganishlar olib bordi.

Joriy yilning 11-may kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari K.Omarov To‘rtko‘l tumanida xizmat safarida bo‘lib, tuman statistika bo‘limi yetakchi mutaxassisi A.Karimov bilan birgalikda «Iste’mol narxlari indeksi» kuzatuvining xizmatlar guruhi bo‘yicha tanlanma kuzatuviga tushgan savdo obyektlariga borib narx-navolarini o‘rgandi.

Joriy yilning 12-may kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari S. Bekmuratov Qo‘ng‘irot tumanida xizmat safarida bo‘lib, tuman statistika bo‘limi yetakchi mutaxassisi R. Koshniyazov bilan birgalikda 5-narx (oʻrtacha) haftalik kuzatuvi so‘rovnomasi bo‘yicha tanlama kuzatuvga tushgan savdo obyektlariga borib narx-navolarni o‘rgandi va registrator tomonidan planshet qurilmasiga ma’lumotlarni shaffof va aniq kiritilishi bo‘yicha o‘rganishlar olib bordi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yil yanvar-mart oylarida Mo‘ynoq tumanida asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalarning umumiy hajmi milliy valyutada 347,2  mlrd. so‘mni yoki 2022-yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 107,1 foizni tashkil qildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023- yilning 1-aprel holatiga Mo‘ynoq tumanining doimiy aholi soni:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023- yilning yanvar-mart oylarida Qonliko‘l tumanida chakana savdo tovar aylanmasi 70,6 mlrd. so‘mni yoki 2022-yilning shu davriga nisbatan 101,3 % ni tashkil qildi.

2022/2023- o‘quv yilida Qoraqalpog‘iston Respublikasida nodavlat umumta’lim muassasalar soni 3 tani tashkil etdi.

Oʻzbekiston 2023-yilning yanvar-mart oylarida 11 ta xorijiy davlatlarga qiymati 10,2 mln AQSH dollariga teng boʻlgan 5,7 mln juft oyoq kiyimlar eksport qilgan.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yil yanvar-mart oylarida Qonliko‘l tumanida 18,4 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, o‘sish sur’ati 2022-yilning yanvar-mart oylariga nisbatan 110,8 foizni tashkil etdi.

2023-yilning yanvar-mart oylarida Oʻzbekiston 14 ta xorijiy davlatlarga qiymati 2,1 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan mebel mahsulotlarini eksport qilgan.

2023-yil yanvar-mart oylarida Toshkent metropolitenida bir kunda oʻrtacha 430,1 ming nafar yoʻlovchilar tashilgan boʻlib, 2022-yilning mos davrida tashilgan yoʻlovchilar soniga nisbatan 41,3 % ga koʻp.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-mart oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 13,2 ming dona muzlatkichlar ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 2,4-martaga oshgan.

2023- yilning 1- choragi davomida Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha havo transporti orqali joʻnatilgan yuklar hajmi 1,9 ming tonnani tashkil etib, bu esa 2022- yil davomida joʻnatilgan yuklar hajmidan 12,1 % ga koʻp.

2023- yilning 10- may kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasi statistika boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari K.Omarov Qorao‘zak tumanida xizmat safarida bo‘lib, tuman statistikasi bo‘limi bosh mutaxassisi N.Mambetov bilan birgalikda tumanda bozor xizmatlarini koʻrsatuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlarning faoliyati bilan yaqindan tanishish va tanlanma kuzatuvlarni sifatli tashkil etish maqsadida oʻrganish ishlari olib borildi.

Joriy yilning 10-may kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari K. Omarov Chimboy tumanida xizmat safarida bo‘lib, tuman statistika yetakchi mutaxassisi D. Baltabaeva bilan birgalikda 5-narx (oʻrtacha) haftalik kuzatuvi so‘rovnomasi bo‘yicha tanlama kuzatuvga tushgan savdo obyektlariga borib narx-navolarni o‘rgandi va registrator tomonidan planshet qurilmasiga ma’lmotlarni shaffof va aniq kiritilishi bo‘yicha o‘rganishlar olib bordi.

Joriy yilning 10-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezdenti huzurudagi statistika agentligi Nomoliyaviy aktivlarga investitsiyalar kiritish bo‘yicha tizimli statistik kuzatuvlar bo‘limi boshlig‘i B.Jabbarov Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistikasi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari K.Omarov Chimboy tumanida 4-TJ tanlanma kuzatuvi o‘tkazilish jarayoni bilan tanishdi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yilning 1- aprel holatiga Mo‘ynoq tumanida jami 33 ta oilaviy korxona ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, o‘tgan yilga nisbatan 4 taga ko‘paygan, faoliyat ko‘rsatayotganlari esa 24 tani tashkil etgan.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023- yilning yanvar-mart oylarida Beruniy tumanida asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalarning umumiy hajmi milliy valyutada 80,0 mlrd. so‘mni yoki 2022- yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 97,5 foizni tashkil qildi.