So'nggi yangiliklar

Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, Respublikamizga xorijiy mamlakatlardan ko‘chib kelganlarning asosiy qismi Qozog‘iston Respublikasidan 51 kishi, Rossiya Federatsiyasidan 3 kishi, Tojikiston Respublikasidan  1 kishi, Turkmaniston Respublikasidan 6 kishi va boshqa mamlakatlardan 2 111 kishi kelgan.

9 may “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarma administratsiyasi va kasaba uyushmasi tomonidan kam ta'minlangan Zulayxa Dadaevaning holidan xabar olindi.

2023- yilning yanvar-mart oylarida kiyim ishlab chiqarish ulushi 1,3 % ni, fizik hajm indeksi 92,7 % ni hamda ishlab chiqarish hajmi 50,9 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

2023- yilning yanvar-mart oylarida boshqa nometall mineral mahsulotlar ishlab chiqarishning ulushi 1,8 % ni tashkil etgan, fizik hajm indeksi 32,9 % ga kamaygan bo‘lsa, ishlab chiqarish hajmi 67,1 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

2023- yilning yanvar-mart oylari davomida Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha umumiy foydalanishdagi magistral temir yoʻl transporti orqali jami 17,9 mln. tonna asosiy turdagi yuklar joʻnatilgan boʻlib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan yuk joʻnatish hajmi 0,1 mln. tonnaga oʻsishi kuzatildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023- yilning 1- yanvar holatiga Qoraqalpog‘iston Respublikasida uylar (kvartira) soni 389 893 tani tashkil etgan.

Joriy yilning 1-may holatiga respublikamizda ro‘yxatdan o‘tgan sanoat sohasidagi korxonalari soni 109 178 ta bo‘lib, ularning o‘sish sur’ati 2019- yilning mos davriga nisbatan 164,8 foizni tashkil etdi.

Oʻzbekiston 2023-yilning yanvar-mart oylarida 7 ta xorijiy davlatlarga qiymati 1,8 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 2,2 ming tonna limon eksport qilgan.

2023- yilning yanvar-mart oylarida Oʻzbekistonda yirik korxonalar tomonidan 557 ta yuk avtomobili ishlab chiqarilgan.

Oʻzbekiston 2023-yilning yanvar-mart oylarida 10 ta xorijiy davlatga qiymati 12,1 mln AQSH dollariga teng boʻlgan gilam eksport qilgan.

9-may - “Xotira va qadrlash kuni” shuning bilan birga satrda Ikkinchi jahon urushta erishilgan g‘alabasiga 78 yil to‘lishi munosabati bilan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasi mehnat jamoasi Hasratli ona majmuosiga gulchambar  qo‘yib hurmat bildirildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023- yilning 1- aprel holatiga ko‘ra, Respublikamizda qo‘y va echkilarning umumiy bosh soni 1179,3 ming taga yetdi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yilning yanvar-mart oylarida Nukus shahrida 294,5 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, o‘sish sur’ati 2022-yilning yanvar-mart oylariga nisbatan 100,7 foizni tashkil etdi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023- yilning 1- aprel holatiga Amudaryo tumanida jami 380 ta oilaviy korxona ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, o‘tgan yilga nisbatan 12 taga ko‘paygan, faoliyat ko‘rsatayotganlari esa 320 tani tashkil etgan.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023- yilning yanvar-mart oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 161 dona liftlar ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 37,6 % ga oshgan.

2023- yilning yanvar-mart oylari yakunlariga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligining YAHM tarkibidagi ulushi 14,3 % ni, sanoat – 26,7 % ni, qurilish – 7,9 % ni va xizmatlar sohasi – 51,1 % ni tashkil etdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-mart oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 131,1 ming dona avtomobil kuzovlari ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 2,3-martaga oshgan.

Joriy yilning 5 may kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasida Boshqarma, shahar, tuman statistika bo‘limlarining barcha xodimari uchun o‘quv-seminari tashkil etildi.