So'nggi yangiliklar

2023- yilning 1- aprel holatiga ro‘yxatdan o‘tgan korxonalar soni tashkiliy-huquqiy shakli bo‘yicha o‘zaro taqqoslanganda, MCHJ lardan keyin ikkinchi o‘rinni - xususiy korxonalar egallagan bo‘lib, ularning yillar kesimida dinamikasi quyidagicha:

2023- yil yanvar-mart oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasida avtomobil transportida yuk tashishning umumiy hajmida kichik tadbirkorlikning ulushi 87,6 % ni tashkil etdi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2023- yil 1- aprel holatiga 1 kvadrat kilometrga o‘rtacha 11,9 kishi to‘g‘ri kelgan.

2023- yilning yanvar-mart oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 766,3 tonna baliq ovlandi. Bu ko‘rsatkich 2022- yilning yanvar-martiga nisbatan 118,4 % tashkil qildi.

2023- yilning 2-may kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasi boshligʻi T.Ganiev Shumanay tumanida xizmat safarida bo‘lib, tuman statistikasi bo‘limi boshlig‘i B.Xojantaev bilan birgalikda tumanda bozor xizmatlarini koʻrsatuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlarning faoliyati bilan yaqindan tanishish va tanlanma kuzatuvlarni sifatli tashkil etish maqsadida oʻrganish ishlari olib borildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023- yilning 1-aprel holatiga To‘rtko‘l tumanining doimiy aholi soni:

2023- yilning 2-may kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasi boshligʻi T.Ganiev Qo‘ng‘irot tumanida xizmat safarida bo‘lib, tuman statistikasi bo‘limi boshlig‘i K.Turg‘anbaev va yetakchi mutaxassisi A.Oralbaev bilan birgalikda tumanda bozor xizmatlarini koʻrsatuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlarning faoliyati bilan yaqindan tanishish va tanlanma kuzatuvlarni sifatli tashkil etish maqsadida oʻrganish ishlari olib borildi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-mart oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 1,7 ming dona mototsikllar ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 3,0 martaga oshgan.

2023-yil yanvar-mart oylarida havo transportida 1 124,6 ming kishi joʻnatilib, 2022-yilning mos davriga nisbatan oʻsish surʼati 111,7 % ni tashkil etib, yoʻlovchi aylanmasi esa 1,6 baravarga koʻpayib, 2 988,2 mln. yoʻlovchi-km.ni tashkil etdi.

2023-yilning yanvar-mart oyida aholi jon boshiga koʻrsatilgan bozor xizmatlari hajmi 2 679,4 ming soʻmga yetdi.

2023-yil 1- aprel holatiga tashkiliy-huquqiy shakli bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan korxonalar soni tahlil qilinganda eng ko’pi mas’uliyati cheklangan jamiyat (MChJ) hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. Ularni so’nggi besh yildagi dinamikasi quyidagicha:

2023 yilning yanvar-mart oylari yakunlariga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasida aholi jon boshiga hisoblangan yalpi hududiy mahsulot hajmi 3 101,5 ming so‘mni tashkil etdi.

Ta’lim sohasining asosiy tarmoqlari bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqining eng yuqori ko‘rsatkichi oliy ta’lim (5 577,7 ming so‘m)da, eng past ko‘rsatkich esa maktabgacha ta’lim (1 626,9 ming so‘m)da kuzatildi.

2023- yilning yanvar- mart oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasida tug‘ilgan chaqaloqlar otasining yoshi bo‘yicha 11,2 % chaqaloqlar otasining yoshi 25 yoshgacha, 80,2 % ining otasi 25-39 yoshlarga hamda 8,6 % chaqaloqlarning otasi 40 yosh va undan katta yoshdagilar hissasiga to‘g‘ri kelgan.

2023- yilning yanvar-mart oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 81,1 mln. dona tuxum yetishtirildi.

2023- yilning yanvar-mart oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasida oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishning ulushi 14,4 % ni tashkil etgan, fizik hajm indeksi 12,5% ga oshgan bo‘lsa, ishlab chiqarish hajmi 549,5 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

Joriy yilning 1- aprel holatiga, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko’rsatish sohasida ro‘yxatdan o‘tgan korxona va tashkilotlar soni 12 368 ta bo‘lib, o‘sish sur’ati 2019- yilning mos davriga nisbatan 171,7 foizni tashkil etdi.

2023- yil yanvar-mart oylari natijalariga koʻra Qoraqalpog‘iston Respublikasiga MDH mamlakatlaridan import ulushi 41,5 % ni tashkil etib, 2022- yilning mos davriga nisbatan 1,7 % ga kamaydi.