So'nggi yangiliklar

2021- yilning 1- oktabr holatiga respublikaning doimiy aholisi soni  35,1 mln. kishini tashkil etmoqda.

2021- yilning 1- yanvar holatiga O‘zbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan sanatoriya-kurort muassasalari soni 217 tani tashkil etgan.

2021- yil 1- oktabr holatiga O‘zbekiston Respublikasi doimiy aholisining yosh guruhlari bo‘yicha tarkibi:

Davlat statistika qo‘mitasining uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari 2021 yilning yanvar-sentabr holati ma’lumotlariga ko‘ra, uy xo‘jaligi a’zolarining o‘rtacha soni 5,1 kishini tashkil etdi. Hududlar bo‘yicha tahlil qilganda, eng yuqori ko‘rsatkich Jizzax va Surxondaryo viloyatlarida (5,6 kishi), eng quyi ko‘rsatkich esa Toshkent shahrida (4,2 kishi) qayd etildi.

2021- yil 1- yanvar holatiga O‘zbekistonda aloqa va axborotlashtirish sohasida ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi 13,8 trln. so‘mni tashkil etgan.

Joriy yilning 8- oktabr kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Mo‘ynoq tumani kasb hunar maktabida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil  11- noyabrdagi "O‘zbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari  to‘g’risida"gi 710-son Qarori  ijrosi yuzasidan targ’ibot ishlari olib borildi.

Joriy yilning 8- oktabr kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Beruniy tumani Suv xo‘jaligi va meloratsiya kollejida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi "O‘zbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 710-son Qarori ijrosi yuzasidan targ‘ibot ishlari olib borildi.

Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar miqdori va ulushining eng ko‘pi, sanoat tarmoqlarida 37890,6 mlrd. so‘m (50,0 %), savdo sohasida 10378,2 mlrd. so‘m (13,7 %) va qurilishda   7979,9 mlrd. so‘m (10,5 %)ni tashkil etgan.

2021- yilning 1- oktabr holatiga respublikamizning doimiy aholisi soni 35 mln. 79,2 ming kishini tashkil etmoqda.

2021- yilning yanvar-avgust holatiga qurilish sohasida yangi tashkil etilgan tadbirkorlik subyektlarining soni 195 tani tashkil etdi. 

2021- yilning 1- yanvar holatiga kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan asosiy kapitalga kiritilgan investisiyalar hajmi 75,8 trln. so‘mni tashkil etgan.

Bino va inshootlarni qurish bo‘yicha qurilish ishlari tarkibida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari ulushi 5,4 % ni tashkil etib, 2020- yilning yanvar-avgust oylaridagi ko‘rsatkichga nisbatan 1,6 % punktga ko‘paydi.

2010- yilga nisbatan moliyaviy xizmatlar hajmi 11 barobar oshdi va 45 783,0 mlrd. so'mni tashkil etdi. Taqqoslash uchun, 2010- yilda moliya sohasidagi xizmatlar hajmi 2 643,7 mlrd. so‘mga teng bo‘lgan.

O‘zbekiston muzeylaridagi jami eksponatlar soni 2087,1 mingtani tashkil etgan. Hududlar bo‘yicha ularning eng katta qismi Toshkent shahrida (49,9 %), eng kam qismi Sirdaryo viloyatida (0,1 %) joylashgan.

2021- yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha sanoatda yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat (YaQQ) hajmi 3 201,7 mlrd. so‘mni tashkil etdi va o‘tgan yilning mos davri bilan taqqoslaganda 7,2 % ga o‘sdi.

2021- yilning 1- sentabr holatiga ko‘ra, faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik subyektlari soni 20225 ta tashkil etdi.

Qoraqalpog’iston Respublikasi statistika boshqarmasida 1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan tizimda ko‘p yillardan buyon mehnat qilib kelayotgan xodimlar sharafiga bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Joriy yilning 29- sentabr kuni Qoraqalpog‘iston  Respublikasi statistika boshqarmasi Investitsiyalar va qurilish statistikasi bo‘limi xodimlari tomonidan Berdaq nomidagi Qoraqalpoq Davlat Universiteti talabalariga seminar bo‘lib o‘tdi.