So'nggi yangiliklar

2022- yilning yanvar-iyun oylari yakuniga ko‘ra ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari tarkibidagi fermer xo‘jaliklarining ulushi bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich Nukus (43,3 %) va Taxiatosh tumanlarida (38,0 %), dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklarining eng yuqori ulushi Bo‘zatov (93,3 %) tumanida, qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarning eng yuqori ulushi Nukus shahrida (21,4 %) qayd etildi.

Joriy yilning 1-iyulidan eʼtiboran respublikamizning barcha hududlari (shahar va tumanlari)da aholini roʻyxatga olish boʻlimlari tashkil etildi.

2022- yilning yanvar-iyun oylarida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 27,6 ming tonna kartoshka yetishtirildi. Bu ko‘rsatkich 2021- yilning yanvar-iyuniga nisbatan 2,7 % ga ko‘p. 

2022- yilning yanvar-iyun oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasida aholi jon boshiga ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 2411,3 ming so‘mga yetdi. 2021- yilning yanvar-iyun oylariga nisbatan o‘sish sur‘ati 114,6 % ni tashkil etdi.

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasida 2022- yil 1- iyul holatiga doimiy aholi soni 35 603,4 ming kishini tashkil etib, yil boshiga nisbatan 332,1 ming kishiga koʻpaygan.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil  11- noyabrdagi "O‘zbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari  to‘g‘risida"gi 710-son Qaroriga muvofiq,

Qoraqalpog‘iston Respublikasining doimiy aholisi soni 2022- yil 1- iyul holatiga ko‘ra 1962,4 ming kishini tashkil etib, 2022- yil boshidan 13,9 ming kishiga ko‘paydi.

2022- yilning yanvar-iyun oylarida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 48,1 ming tonna sabzavotlar yetishtirildi.

2022-yilning yanvar-iyun oylarida ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmi 3429,0 mlrd. so‘mni yoki 2021- yilning mos davriga nisbatan 103,4 % ni, shu jumladan, dehqonchilik mahsulotlari - 1152,0 mlrd. so‘mni (103,8 %), chorvachilik mahsulotlari - 2277,0 mlrd. so‘mni (103,3 %) tashkil qildi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi "O‘zbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 710-son Qaroriga muvofiq, 2022- yilning 1-31 avgust kunlari respublikamizning barcha hududularida aholi punktlarida turar joylar va binolar ro‘yxatini tuzish hamda registratorlik hududining sxematik rejasiga aniqlik kiritish maqsadida registratorlar ishga jalb qilinishi belgilangan.

2022- yilning 29- iyul kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi  statistika boshqarmasida xodimlarning huquqiy savodxonligini oshirishga bag‘ishlangan navbatdagi seminar tashkil etildi.

2022- yilning yanvar-iyun oylarida respublikaning barcha hududlarida joylashgan dehqon bozorlarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sotuvchi jismoniy shaxslarning tanlanma kuzatuvi o‘tkazildi. Kuzatuv natijalariga ko‘ra savdo aylanmasi hajmi 223,8 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasida 2021/2022 o‘quv yili boshida jami oliy ta’lim tashkilotlari soni 154 tani tashkil etib, ulardan 808,4 ming nafar talaba tahsil olmoqda.

Oʻzbekiston 2022-yilning yanvar-iyun oylarida xorijga qiymati 4,4 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 6,3 ming tonna bodring eksport qilgan.

Ishlab chiqaradigan sanoat tarkibida 2021- yil yanvar-iyun oylarida to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarishning ulushi 10,6 % ni tashkil etgan bo‘lsa, uning fizik hajm indeksi 124,7 % ni tashkil etgan.

Ishlab chiqaradigan sanoat tarkibida 2021- yil yanvar-iyun oylarida ichimlik mahsulotlari ishlab chiqarishning ulushi 1,0 % ni, uning fizik hajm indeksi esa 132,6 % ni tashkil etgan bo‘lsa, 2022- yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, ichimlik mahsulotlari ishlab chiqa- rishning ulushi 1,3 % ni tashkil etdi, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan fizik hajm indeksi esa 107,3 % ni va ishlab chiqarish hajmi 101,4 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

2022- yilning yanvar-iyun oylarida respublikaning barcha hududlarida joylashgan chorva (parranda) bozorlarida parrandalar va chorva mollari sotuvchi jismoniy shaxslar tanlanma kuzatuvi o‘tkazildi.

Oʻzbekiston 2022-yilning yanvar-iyun oylarida xorijga qiymati 16,4 mln AQSH dollariga teng boʻlgan 67,8 ming tonna qovun va tarvuz eksport qilgan.