10/07/2023

    Joriy yilning 4–14- iyul kunlari Kolumbiyaning Bogota shahrida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot dasturi hamda Oksford universiteti hamkorligida “Ko‘p qirrali kambag‘allik o‘lchovi”ga bag‘ishlangan o‘quv seminari o‘tkazilishi belgilangan.

Ushbu seminarda kambag‘allikni qisqartirish bilan shug‘ullanuvchi hukumat idoralarining professional xodimlari, xalqaro rivojlanish institutlari mutaxassislari va tadqiqotchilar qatnashmoqda.

Seminar Qashshoqlikni kamaytirish va inson taraqqiyoti bo'yicha Oksford tashabbusi direktori Sabina Alkayr va uning jamoasi, ko‘p o‘lchovli kambag‘allik indekslarini ishlab chiqish va joriy etish bo‘yicha katta tajribaga ega bo‘lgan tadqiqotchilar tomonidan olib borilmoqda.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligidan Aholi turmush darajasi va kuzatuvlari statistikasi boshqarmasi boshlig‘i Madaminov Umid Kanjaboevich hamda Qorаqаlpog‘iston Respublikаsi Stаtistikа boshqаrmаsi boshlig‘i Ganiev Temirbay Turg'anbaxievich ham  qatnashmoqda.

Seminarning asosiy maqsadi ishtirokchi mamlakatlar o‘rtasida tajriba almashish, ko‘p o‘lchovli kambag‘allik indekslarini ishlab chiqish va joriy etish bo‘yicha xalqaro miqyosda tasdiqlangan usullarni o‘rganishdan iborat.

Axborot xizmati