11/02/2025

    2025- yilning 3–6- fevral kunlari Qirgʻiz Respublikasining Bishkek shahrida Markaziy Osiyo davlatlari uchun Birlashgan Millatlar Tashkilotining Statistika boʻlimi (UNSD) tomonidan  Barqaror rivojlanish maqsadlari uchun statistik ma’lumotlar va metama’lumotlar almashinuvi (SDMX) boʻyicha mintaqaviy seminar oʻtkazildi.

Ushbu seminar Moʻgʻuliston, Ozarbayjon, Qirgʻiz  Respublikasi, Qozogʻiston va Oʻzbekistonning milliy statistika xizmatlari vakillari (BRM koʻrsatkichlari bilan ishlash tajribasiga ega statistiklar va IT-mutaxassislari) uchun tashkil etilgan.

Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligidan Ijtimoiy soha va barqaror rivojlanish statistikasi boshqarmasining Notijorat tashkilotlar faoliyati, madaniyat va turizm sohalarida statistik kuzatuvlar boʻlimi bosh mutaxassisi Rano Razakova hamda Raqamli texnologiyalar va interaktiv xizmatlarni rivojlantirish boshqarmasining Statistika vazifalarni raqamlashtirish boʻlimi yetakchi muxandis-dasturchisi Oybek Izmailovlar ishtirok etishdi.

Seminarning asosiy maqsadi ishtirokchilarni SDMX standartidan foydalangan holda BRM maʼlumotlarini va metamaʼlumotlarini tarqatish hamda avtomatlashtirilgan hisobdorlik, BRM uchun maʼlumotlar strukturasining global taʼrifi (DSD) bilan tanishtirishdan iborat edi. Ishtirokchilarga keng qo‘llaniladigan SDMX ma’lumotlarni modellashtirish va xaritalash vositalari bilan ishlash bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar, hamda standartlarga asoslangan ma’lumotlar almashinuvi va tarqatish bo‘yicha o‘z tajribalari bilan ulashish imkoniyatini berdi.