21/02/2025

    Aholini roʻyxatga olish belgilangan aniq paytda (aholini roʻyxatga olish sanasi) oʻtkaziladi. Respondentlarning shaxsga doir maʼlumotlarini yigʻishda roʻyxatga olish sanasidan keyin sodir boʻlgan demografik holatlar hisobga olinmaydi. Masalan, aholini roʻyxatga olish sanasi 2023-yil 1-noyabr deb belgilangan boʻlsa, unda 1-noyabrdan keyin tugʻilgan bolalar uchun roʻyxatga olish varagʻi shakllari va boshqa roʻyxatga olish hujjatlari toʻldirilmaydi, biroq ushbu sanadan keyin vafot etgan shaxslar uchun toʻldiriladi. Bunda vafot etgan shaxs toʻgʻrisidagi maʼlumotlar uning voyaga yetgan, muomala layoqatiga ega oila aʼzolari yoki fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organlaridagi mavjud maʼlumotlar asosida toʻldiriladi.

Aholini roʻyxatga olish jarayonlarida shaxsga doir maʼlumotlarni yigʻish:

axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalangan (Internet jahon axborot tarmogʻi orqali va planshet qurilmalari yordamida) hamda axborot xavfsizligi talablarini taʼminlagan holda amalga oshiriladi;

respondentlar yashaydigan (vaqtincha boʻlib turgan) turar joy va noturar joylarga, binolarga tashrif buyurgan holda uyma-uy yurib soʻrov oʻtkazish orqali amalga oshiriladi. Roʻyxatga olish varagʻi shakllari roʻyxatga oluvchi xodimlar tomonidan planshet qurilmalari yordamida respondentlarning soʻzlari asosida toʻldiriladi;

yashab turgan xonadonida (joyida) roʻyxatdan oʻtishni istamagan respondentlar uchun roʻyxatga olish varagʻi shakllarini toʻldirish tuman (shahar) hokimliklari tomonidan ajratilgan bino yoki xonalarda joylashgan roʻyxatga olish uchastkalarida statsionar roʻyxatga oluvchi tomonidan amalga oshiriladi;