Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasida boshqarma xodimlari, shahar va tuman stastistika bo‘limli xodimlari uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasining bo’lim prokurori A.Esemuratov tomonidan seminar o‘tkazildi.
Seminarda Qoraqalpog‘iston Respublikasida so‘ngi yillar davomida amalga oshirilgan korrupsiya jinoyatlari to‘g‘risida ma’lumot berildi.
Shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha qonun hu’jjatlarining mazmun-mohiyati tushuntirildi, aniqrog’i, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5729-sonli Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5177-sonli Qarori va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-81-sonli Qarori bo‘yicha ma’lumotlar berildi.
Seminar qatnashchilari fikr va mulohozalarni bildirib, o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldi.
Matbuot xizmati